HUKMDORLAR

Abdumalik ibn Nuh

Abdumalik ibn Nuh

Amiri Rashid

(944-961)

(954-961)

Somoniylar amiri. Otasi Nuh ibn Nasr vafot etgach 10 yoshida taxtga o‘tirgan. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdumalik ibn Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdumalik ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland bo‘lgan. Masalan, hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro‘si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlamoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdumalik ibn Nuh chavgon o‘ynab, otdan yiqilib halok bo‘lgan.