BUYUK SHAXSLAR

Abu Ali ibn Sino

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ʻAlī al-Husayn ibn ʻAbd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) — oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim, boshqa manbalarda esa, buxorolik fors olimi, tabib va faylasuf deb yuritilgan. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.

Abu Ali ibn Sinoning nomi butun dunyodagi o‘lmas mutafakkiru olimlar bilan bir qatorda  turib kelmoqda. U O‘rta Osiyoning yetakchi namoyandalari va ma’rifatparvarlarining eng yirik vakilidir. Tabiatshunos va matematik, faylasuf va tabib, adabiyotshunos va shoir – bu bir nechta insonlar emas, balki bitta insondir!

Asrlarga tatigan daholik. Abu Ali ibn Sino

"Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, 

ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi".

(Abu Ali ibn Sino)

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

O‘n asrdan ko‘proq vaqt davomida Abu Ali ibn Sinoning nomi butun dunyodagi o‘lmas mutafakkiru olimlar bilan bir qatorda  turib kelmoqda. U O‘rta Osiyoning yetakchi namoyandalari va ma’rifatparvarlarining eng yirik vakilidir. Tabiatshunos va matematik, faylasuf va tabib, adabiyotshunos va shoir – bu bir nechta insonlar emas, balki bitta insondir!

Ibn Sinoning ilm-fan va madaniyatiga qo‘shgan hissasi rad qilib bo‘lmas faktdir. U ensiklopedik bilimlarga ega bo‘lib, turli fanlarda kashfiyotlar qildi. Abu Ali ibn Sinoning qimmatli merosi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.

Buxorodan 30 km. uzoqlikdagi katta bo‘lmagan Afshona qishlog‘i Ibn Sinoning vatani hisoblanadi. Shu yerda 980-yilda Husayn ismli bola tug‘ilgan. Ma’lumki, bolalikdanoq bo‘lajak olim ajoyib qobiliyat va iste’dodni namoyon etgan. Otasi Abdulloh o‘g‘li yaxshi ma’lumot olishi uchun besh yashar Husaynni Buxoroga olib keladi. U yerda Husayn arab tilini o‘rganadi va 10 yoshida Qur’onni yoddan biladi. Bola arifmetika, Islom qonunshunosligi, geometriya kabi fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtiradi.

U o‘z tarjimai holida unga mantiq va falsafa saboqlari bergan mashhur olim Abu Abdulloh an-Notiliyning Buxoroga kelganini eslaydi. Biroq 14 yoshidan boshlab Husayn astronomiya, metafizika, geometriya va keyin tibbiyotni mustaqil ravishda o‘rgana boshlaydi. 16 yoshida yigit shifokorlik ilmini puxta va chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi, o‘sha davrning mashhur tabiblari undan maslahat olib turishadi. Bir safar Buxoro amirining o‘zi unga yordam so‘rab murojaat qiladi.

 

Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenini olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999-yilda vafot etdi.

Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizikaning maqsadlari haqida“gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr Albarqiy (yoki Baraqiy)ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi.

Ibn Sino g‘ayrat va ishtiyoq ila tunlari bilan geometriya, astronomiya va musiqani puxta egallaydi. Eng asosiysi, u tibbiyotni yaxshi ko‘rar edi. U qadimgi yunon faylasuflari va olimlarining asarlarini juda yaxshi bilar edi, ular orasida Gippokrat, Aflotun va Arastuning nomlari ham bor edi.

Ibn Sino 17 yoshida o‘zining "Ma’naviy kuchlarni tadqiq qilish" falsafiy asarini yozadi. Yosh yigit yashirin ma’nolar haqida kattalardek so‘zlasha oladi deb kim ham o‘ylabdi deysiz. 21 yoshida olim "Al-Majmul" kitobini yozib, unda she’riyat, ritorika va boshqa fanlar haqida o‘z fikrlarini bildiradi.

1005-yilda Ibn Sino Xorazmga ko‘chib o‘tadi. Yetti yildan so‘ng u Jurjonga, keyin esa Xuroson va Eron shaharlariga jo‘naydi. Jurjonda Ibn Sino mashhur "Tib qonunlari" nomli ko‘p jildlik asari ustida ish boshlaydi. Hammasidan ham, Ibn Sino shifo ilmi keng ommalashishini istagan. Asar bugungi kunda ham dolzarbdir. Dunyoning turli burchaklaridagi shifokorlar va olimlar tobora ko‘proq Ibn Sinoning ilmiy xulosalariga murojaat qilmoqdalar. Axir uning g‘oyalari har qachongidan ham dolzarbdir. Masalan, olim kasallikni davolashdani muhim jihatlarni yozadi.

Bilmak kerak dard kecharmi og‘ir, yengil,

Qisqa, uzoq muddat ichra — uzil-kesil.

Dard kasodi nechuk paydo — shunga qarab,

Tabib muddat belgilaydi ahvol so‘rab.

Hayoti davomida ibn Sino juda mashhur bo‘lgan. Yevropada uni Avitsenna deb (ismining lotin tilidagi talaffuzida) atashgan. Ibn Sino katta merosni: tibbiyot bo‘yicha asarlar, mantiq, fizika, matematika va boshqa fanlarga oid kitoblarni qoldirdi. U 450dan ortiq asarni yozdi, shundan 240ga yaqini bizgacha yetib kelgan.

Ibn Sino 1037-yil 24-iyunda vafot etdi. Shubhasiz, Ibn Sinoning merosi nafaqat bugungi avlodlar uchun, balki keyingi avlodlar uchun ham kamida yana bir necha asrlarga tatiydigan bebaho tuhfadir.

 

Asarlari

Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:

almadhal — mantiqqa kirish;

al-maqulot — turlari;

al-iborat — interpretatsiya;

al-qiyos — sillogizm;

al-burhon — isbot, dalil;

al-jadal — tortishuv, dialektika;

as-safsata — sofistika;

alxitoba — ritorika;

ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);