O‘ZBEKISTON TARIXI

Aleksandr, Iskandar Maqduniy

Aleksandr, Iskandar Maqduniy

Aleksandr, Iskandar Maqduniy (qadimgi yunoncha: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.
Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan taʼlim olgan, harbiy ishni ot-asidan oʻrgangan. 336-yil Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan.

334-yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema boʻlgan.

Aleksandr Granik (334-yil), Iss (333-yil) va Gavgamela (331-yil) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan.


Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish

Aleksandr 329-yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, Aleksandr Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandrga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi — Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. Aleksandr shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda Aleksandr boshi va boʻyniga tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.

Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, Aleksandr shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328-yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327-yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar).

Eramizdan avalgi 334-yilda Iskandar Zulqarnayn Osiyoga yurish boshladi. U Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr va Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hindikush togʻini kesib oʻtib Oʻrta Osiyoga hujum qildi. Baqtriya va Soʻgʻdiyona hukmdori Bess (u podsho maqomini va Artakserks nomini olgan) Zulqarnaynga qarshi turish befoyda ekanini anglaydi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi. Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ikki tomon kuchlarining oʻzaro toʻqnashuvlarining birida Iskandar Zulqarnayn ogʻir yarador boʻladi. Yunonlar taʼbiri bilan aytganda „daryo boʻyida yashovchi varvarlar“ Zulqarnayn garnizoniga katta talofot yetkazadi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi. Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. Spitamen Iskandarga qarshi keskin kurashdi va uning garnizonini Maroqandda toʻxtatib qoʻydi. Makedoniya garnizoni Sirdaryo boʻyida zudlik bilan qalʼa bunyod etishga kirishadi. Bu qalʼa Olis Aleksandriya nomini olgan. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi. Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi. Ammo 329-328 yillar davomida yunon-makedon qoʻshinlari tomonidan Soʻgʻd hududida amalga oshirilgan beshafqat aksiyalar Iskandar Zulqarnayn kutgan natijani bermaydi. Ikki yillik samarasiz va omadsiz harakatlardan keyin u oʻz taktikasini oʻzgartiradi. Ayni xususda Kursiy Ruf shunday yozadi: „Iskandar oʻziga boʻysinishga qarshilik koʻrsatganlarga turli shahar va yerlarni tortiq etdi“. Shu usul bilan Iskandar Zulqarnayn mahalliy zodagonlarni oʻziga qaratishga muvaffaq boʻldi va ularning koʻmagida baqtriya va soʻgʻdiylardan tarkib topgan harbiy kontingent tuzdi. 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, jangni boy bergan Spitamen oʻz ittifoqchilari tomonidan qatl etilgan.Eramizdan avalgi 334-yilda Iskandar Zulqarnayn Osiyoga yurish boshladi. U Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr va Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hindikush togʻini kesib oʻtib Oʻrta Osiyoga hujum qildi. Baqtriya va Soʻgʻdiyona hukmdori Bess (u podsho maqomini va Artakserks nomini olgan) Zulqarnaynga qarshi turish befoyda ekanini anglaydi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi. Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ikki tomon kuchlarining oʻzaro toʻqnashuvlarining birida Iskandar Zulqarnayn ogʻir yarador boʻladi. Yunonlar taʼbiri bilan aytganda „daryo boʻyida yashovchi varvarlar“ Zulqarnayn garnizoniga katta talofot yetkazadi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi. Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. Spitamen Iskandarga qarshi keskin kurashdi va uning garnizonini Maroqandda toʻxtatib qoʻydi. Makedoniya garnizoni Sirdaryo boʻyida zudlik bilan qalʼa bunyod etishga kirishadi. Bu qalʼa Olis Aleksandriya nomini olgan. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi. Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi. Ammo 329-328 yillar davomida yunon-makedon qoʻshinlari tomonidan Soʻgʻd hududida amalga oshirilgan beshafqat aksiyalar Iskandar Zulqarnayn kutgan natijani bermaydi. Ikki yillik samarasiz va omadsiz harakatlardan keyin u oʻz taktikasini oʻzgartiradi. Ayni xususda Kursiy Ruf shunday yozadi: „Iskandar oʻziga boʻysinishga qarshilik koʻrsatganlarga turli shahar va yerlarni tortiq etdi“. Shu usul bilan Iskandar Zulqarnayn mahalliy zodagonlarni oʻziga qaratishga muvaffaq boʻldi va ularning koʻmagida baqtriya va soʻgʻdiylardan tarkib topgan harbiy kontingent tuzdi. 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, jangni boy bergan Spitamen oʻz ittifoqchilari tomonidan qatl etilgan.
Hindistonga yurish

Mil. av. 327-yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmogʻi) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qoʻshini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi boʻladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qoʻshinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois Aleksandr Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmogʻi) boʻyidan ortga qaytishga majbur boʻladi. Aleksandr oʻz davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik koʻrish asnosida bezgak kasaliga yoʻliqib vafot etgan. Aleksandr yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar choʻzilgan boʻlib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari boʻlmagan bu saltanat Aleksandr vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy sanʼat tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200-yil) Aleksandr haqida koʻplab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular oʻrta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.

Hisor togʻlaridagi Xoriyon va Oksariat qalʼalarini oʻziga boʻysindirgan Iskandar Oksariatning qizi Raxsxonaga (Roksana, Ruxshona)ga uylanadi va shu tariqa mahalliy elitaga qarindosh boʻladi. Iskandar oʻz tomoniga oʻtgan soʻgʻdiylardan birini (ayrim maʼlumotlarga koʻra uning ismi Oropiy boʻlgan) Soʻgʻd podshosi etib tayinlaydi. Mahalliy aholi Iskandarga Yadjuj va Madjuj qabilasidan shikoyat qilib kelishadi, ular odamlarni talab qishloqlarni vayron etishi va nohaq qon toʻkishlarini eshitgan Iskandar bu badbaxt qavmni togʻni orasiga qamab ustidan temir va misni eritib quyadi va togʻni orasini yopib tashlaydi (Alisher Navoiy bu haqida "Saddi Iskandariy“asarida eslab oʻtgan Shu tariqa uning Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligi oʻrnatiladi. 327 yilning yozida esa u Hindikush togʻi orqali Hindiston sari yurishini boshlaydi.Hind larning ustidan zafar quchadi va 33 yoshida yer yuzini oʻz hukmiga boʻyin sundiradi.

Aleksandr Makedonskiy Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yeng-gan. Aleksandr Makedonskiy Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbata-na hamda Misrni egallagan. Aleksandr Makedonskiy 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng , Aleksandr Makedonskiy Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandr Makedonskiyga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi — Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi.

Aleksandr Makedonskiy mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.Aleksandr Makedonskiy Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (q. Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, Aleksandr Makedonskiy shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 ming-dan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi.Aleksandr Makedonskiy mil. av. 329—328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiy-lar podshosi Farasman 1500 jangchi-si bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi.

Aleksandr Makedonskiy 328—327 y. boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylash-gan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 y. yozida Aleksandr Makedonskiy so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan za-far qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Makedonskiy Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurish-ni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq sa-far va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois Aleksandr Makedonskiy Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.Aleksandr Makedonskiy o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.

 

Filipp II Makedonskiy vafotidan keyin (eramizdan avvalgi 336-yil) uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr taxt vorisi bo‘lib qoldi. Sharq xalqlari orasida u Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Taxtga hech kim da'vo qilmayotganligiga ishonch hosil qilgach, eramizdan avvalgi 334-yilda u Kichik Osiyoga bostirib kiradi. Aleksandr boshdanoq Fors imperiyasini zabt etishni niyat qilganmidi-yo‘qmi, ma'lum bo‘lmasada, keyinchalik bu ish uning maqsadiga aylangandi.

Uning armiyasining asosiy qismini 12 ming makedoniyalik va 12 ming yunonlar tashkil qilardi. Aleksandrga sadoqatli qo‘shinlar yaxshi mashq qildirilgandi. Qo‘rquv bilmas sarkarda bo‘lgan Aleksandr qo`shinni jangga o‘zi boshlab borardi. Ko‘p bora unga o‘lim xavf solgandi.

Fors shohi Daryovush III unga nisbatan tajribasiz lashkarboshi edi. Forslar harbiy yurishlarga katta karvonni va hatto shoh xonadonidagi ayollarni ham olib yurishardi. Daroparda (chodir), mol-mulk va boshqa zeb-ziynat buyumlari tez harakat qilishga xalal berardi.

Makedoniyaliklar armiysi esa, aksincha, a'lo darajada mashq ko‘rgan va doim jangga hozir edi. Makedoniyaliklar qo‘shinining dahshatli falangalari (saflari) dushman askarlari qatorini yorib o‘tishga mo‘ljallangandi. Dushman hujum qilgan holatlarda esa ular mudofaaga ham o‘tishi mumkin edi. Falanganing old qatorlaridagi askarlar sarissalar olib yurishar, ularning ortidan kelayotganlarni esa otiladigan snaryadlarni qaytarish uchun qalqon ko‘tarib yurishardi.

Aleksandr Granika yonida zafar quchgach, Kichik Osiyoning g’arbiga qarab yurishni davom ettirdi hamda Milet singari shaharlar qarshiligini sindirib, ularni egallaydi. U Iss  (Suriyaning shimolida) ustiga yurishdan ilgari Onado‘lida qishlaydi. Shu yerda u forslarning katta armiyasini tor-mor keltiradi. Tir shahrini ko‘p oy qamal qilgach, Aleksandr uni egallaydi hamda janubga, Misr tomon yurishni davom ettiradi.

Misrliklar avvalgi shafqatsiz fors hukmdorlaridan xalos bo‘lishni orzu qilgan holda, Aleksandrning qadamini muborakbod etadilar. So‘ng u Shimol va Sharqqa yurish qilib, Shimoliy Mesopotamiyada Gavgamela yonida o‘zining eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritadi. Daryovush Baqtriyaga qochib boradi va u yerda mahalliy aslzodalar tomonidan o‘ldiriladi.

 

Fors va Misr endi Aleksandr qo‘l ostida edi. Shunday bo‘lsada, unda jang qilish istagi kuchli edi. Biroq qo‘shinlar Shimoliy Eronning eng olis viloyatlariga yetgach, haddan tashqari holdan toygandi. Oqibatda Shimoliy Hindistonda qo‘shinlar olg‘a yurishni davom ettirishdan bosh tortadi.

Fors imperiyasining hukmdori bo‘lib qolgan Aleksandr endi yunonlar, forslar va makedoniyaliklarni birlashtirish harakatiga tushadi. U Baqtriya amaldorining qizi Roksana (Ravshanak) ka uylanadi, askarlarning ham fors ayollariga uylanishiga ko‘ndirishga harakat qiladi. Vaqti kelib u forsiy libos kiyib, o‘zini Sharq hukmdorlaridek tuta boshlaydi. Buni esa yunon va makedoniyalik jangchilar ma'qullashmaydi.

Aleksandr Arabistonga yurish boshlashni ko‘ngliga tugib qo‘yadi-yu, biroq eramizdan avvalgi 323-yilda Bobilda vafot etadi. Vafotidan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘lini esa shuhratparast sarkardalari nobud qilishadi. Uning sobiq lashkar-boshilari, oralaridan birontasiga haddan tashqari ko‘p hokimiyat tegib qolishdan qo‘rqib,

Aleksandr imperiyasini o‘zaro taqsimlab oladilar. Bu odamlarni diadoxalar (aynan — vorislar) deyishardi. Ular hokimiyat talashib, bir-biri bilan kurash olib borganliklari uchun Yunoniston va Yaqin Sharqda urush olovi uzoq yillar tinmadi.

Tarix Fani kishilik jamiyati bosib o’tgan tarixiy yo’lni qonuniyatli bir jarayon tarzida atroflicha o’rganuvchi Fan sifatida ijtimoiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi va keng xalq ommasini, ayniqsa, yosh avlodni o’z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, «o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi».

Iskandar Zulqarnayn boshchiligida yunonlarning yurtimiz sarxadlarini bosib o’tishi, ularga qarshi Spitamen rahbarligida ko’tarilgan qo’zg’olon ko’pgina manba va adabiyotlarda o’z aksini topgandir

O’rta Osiyo, shuningdek O’zbekistonning kadimgi va an­tik davrdagi tarixini o’rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat kiladi.

Ulardan ayrim va muhimlariga qiskacha to’xtab o’tamiz.

Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yillar). Yirik tarixchi olim; asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. Dio­dor «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda Sharq; xalqlari, shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalklari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va b.q.), O’rta Osiyo — Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma (kompilyativ) hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asar-laridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning «Tarixiy kutubxona»si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir.