Anvar Eshonov (1937-1996)
Etuk shoir va nosir Anvar Eshonov 1937 yilda Toshkentda tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1960). Respublika radio qo‘mitasida muharrir, «Sovet O‘zbekistoni» («O‘zbekiston ovozi») gazetasida muxbir (1965—1972), gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyotni targ‘ib etish byurosida (1972—1975), «Guliston» (1975—1976) jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.
Uning birinchi she’riy to‘plami «Bir og‘iz so‘z» (1963) deb nomlangan. Adibning «Dutor» (1967), «Registon» (1971), «Evropada qolgan qabrlar» (1975), «Yigirma million oppoq kabutar» (1976), «Non isi» (1977), «Bu yillar» (1982) kabi she’riy va nasriy to‘plamlari chop etilgan.