Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Abduqahhor Ibrohimov

Abduqahhor Ibrohimov

Abduqahhor Ibrohimov Ham jurnalist, ham yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov 1938 yili Toshkentda tavallud topdi. U avval Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini (1962), so‘ng 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatdi.

1962—1972 yillar mobaynida «O’zbekiston madaniyati» keyin esa «O’zbekiston adabiyoti va san’ati»_ haftaligida, «Guliston» oynomalarida mas’ul lavozimlarda ishladi. Shundan so‘ng uning «So‘nggi nur», «Osmon yaqin, yer yumshoq» kabi ocherk va hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Shuningdek, uning «Birinchi bo‘sa»  (1978), «Meni aytdi demang» (1982) kabi sahna asarlari Moskvada rus tilida nashr etildi. Shu damdan boshlab faqat publitsist, hikoyanavisgina emas, sermahsul va iste’dodli dramaturg sifatida ham elga tanila bordi.

Uning «Bu zamon o‘g‘loni» (1982), «Zo‘ldir» (1983), «Tusmol», «Puch», «Senga bir gap aytaman», «Chakana savdo» kabi bir qator pesalari yaratildi. Ularning ko‘plari Hamza va Muqimiy teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi.

Ayni chog’da uning shu yillarda «Chillaki», «Tong edi», «Har tomchining sababi bor» kabi ajoyib hikoyalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi.

Shuni ham alohida qayd etish kerakki, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov so‘nggi yillarda otashin publitsist sifatida samarali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy mnlliy meros, tabiat muhofazasiga oid chiqishlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi.

U adabiyot va madaniyat, teatr san’ati oldidagi ana shu samarali mehnati uchun 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi degan faxriy nomga savovor bo‘ldi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.