Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Abulqosim Mamarasulov

Abulqosim Mamarasulov

Abulqosim Mamarasulov Abulqosim Mamarasulov 1958 yil 5 fevralda Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyati Bulung’ur (hozirgi Baxmal) tumanidagi Barlos qishlog’ida tug’ilgan.

1979 yili Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatib, Jizzaxdagi «Bo’ston» gazetasida  tarjimachilik bilan o’z ish faoliyatini boshlagan.  1996 yilga qadar «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», «Xalq so’zi», «Turkiston», «Inson  va qonun» gazetalarining Jizzax viloyatidagi muxbiri vazifalarida ishlagan. 1996 yildan beri fermerlik, tadbirkorlik bilan shug’ullanadi.

1984 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.  «Suyunchi» (1982), «Xayotning bir lahzasi» (1985), «Sen uchun yonib» (1988, jamoa), «Svidanie na perevale» (1988, jamoa, Moskva), «Barlos qishlog’ining zumrad tonglari» (1990), «Sevishganlar» (1992) hikoyalar to‘plamlarining muallifi.

Jizzax viloyatining Bo‘ston shaxarchasida yashaydi. Oilali. Sakkiz nafar qizi bor.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.