Azim Suyun

Azim Suyun Azim Suyun iste’dodli, isyonkor va haqiqatgo‘y shoirlardan biridir. U 1948 yilning 22 fevralida Samarqand viloyatining Nahrrud qishlog’ida mehnatkaga oilasida dunyoga kelgan. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga kirib o‘qigan. Uning ijodi 60-yillarning oxiri va 70-yillar boshida boshlangan bo‘lib, «Mening osmonim» (1978) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan keng kitobxonlarga tanilgan.

Shundan buyon shoirning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari va bir qator dostonlari chop etildi. Jumladan, «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo ko‘li» (1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim-suyganim» (1992) kabi she’riy guldastalari o‘quvchilarning sevimli kitoblari bo‘lib qoldl. Ayniqsa, uning «Sarbadorlar» fojeasi, «O’zbekiston», «Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha yoki Imorat» kabi dostonlari ma’lum va mashhurdir. Ularda zamon va davr, zamondoshlar va tengdoshlar taqdiri, fojeasi, intilish va kurashlari chinakam hayot haqiqati darajasida o‘z ifodasini topgan.

Shoir chuqur falsafiy mushohadalarga boy «O’zbekiston» dostoni va bir turkum she’rlari uchun Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi birynchi xalqaro mukofotga (1991) sazovor bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir Azim Suyun 1992 (21—24 may) yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Turkiy uluslar adabiyotida turkiy til» anjumanida Turkiya yozuvchilar Birligining mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning bir qator she’rlari, she’riy turkumlari, kitoblari, rus, ingliz, turk, qozoq, tojik, tuva kabi o‘nlab tillarga tarjima qilingan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.