Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Barot Boyqobilov

Barot Boyqobilov

Barot Boyqobilov Talantli shoir Barot Boyqobilov Samarqand viloyati Urgut tumanida 1937 yili tug‘ildi. U avval o‘rta  maktabda, so‘ngra Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat dorilfununida ta’lim oldi. Bir qator ro‘znoma  va oynomalarda ishladi. Ko‘p yillar partiya rahbarlik organlarida ham faoliyat ko‘rsatdi. U «Muloqot» oynomasining tashkilotchisi, birinchi bosh muharriri hamdir.

Barot Boyqobilov talabalik yillaridayoq she’rlar yoza boshladi. Uning hozirga qadar yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari, jumladan, «Samarqand satrlari» (1962), «Visol» (1965), «Seni izlayman» (1968), «Samarqand ushshog‘i» (1969), «Afrosiyob» (1970), «Sonetlar» (1971), «Samar va Qand» (1973), «Sevgi xiyoboni» (1973), «Sharqiy kamalak» (1975), «Meni kuting, yulduzlar» (1976), «Visol va hijron» (1977), «Taburruk zamin» (1982), «Sonetlar» (1982), «Vatan tuprog‘i» (1983), «O’zbekistonda kim sokin yashaydi»  (1990) kabi kitoblari nashr etildi.

Barot Boyqobilov o‘zbek she’riyatida sonet janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Shoir o‘zi sevgan va tinimsiz mashq qilib kelayotgan sonet janrida juda ko‘p she’rlar yaratgan va uning o‘zbek she’riyatidagi imkoniyatini ko‘rsatib berdi.  1971 yilda nashr etilgan «Sonetlar» kitobi bu fikrning yaqqol dalilidir.

Shoirning sonetlari sodda uslubda yaratilgan bo‘lsa-da, ularda muhim mavzular yoritilgan. Vatanga muhabbat, insonning ma’naviy dunyosi, burch, sevgi, vijdon — bularning barchasi shoirni ilhomlantirgan manbalardir.

Barot Boyqobilov o‘nlab poemalar, shuningdek, «Kun va tun», «Shukuhli karvon», «Yulduzli osmon», «Notinch Xuroson» kabi she’riy qissalarning ham muallifidir.

Barot Boyqobilov Sarvar Azimov ijodi haqida monografiya hamda «Ijodning yulduzli onlari» essesini yaratgan.

U tarjima sohasida ham barakali ijod qilib jahon hamda rus klassiklarining nodir asarlarini, zamondosh adiblarning mashhur asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girib kelmoqda.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.