Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Habib Sa’dulla

Habib Sa’dulla

Habib Sa’dulla Shoir, dramaturg, jamoatchi Habib Sa’dulla 1942 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. Avval aloqa texnikumi bilim yurtida o‘qib, Toshkentdagi ekskavator zavodida elektro payvandlovchi bo‘lib ishlagan. Sobiq sovet Armiyasi saflaridan qaytgach, «Mushtum» oynomasida xizmat qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim, «Namangan haqiqati» viloyat ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan 1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u Namangan vnloyati Madaniyat boshqarmasining boshlig‘idir.

U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi. Uning birinchi she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi. 1969 yilga kelib uning birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada»  nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana ostonangdaman» kabi bir qator she’riy turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’ Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni — «Onajonim», «Men tug’ilgan yil», «Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon atlas» degan dostoni ham nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari, dostonlari va g‘azallarida jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini ulug‘laydi. Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi.

U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib Sa’dulla yaratgan «Yusuf va Zulayho” dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon drama teatri sahnasidan tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni chinakam insoniy sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish,

Bir she’r yozmoqchiman, bittagina she’r,
O’sha she’rni istab keldim dunyoga,
 — deb orzu qiladi shoir. Biz ham o‘sha, shoir istagan she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz.

Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.