Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Hojiakbar Shayxov

Hojiakbar Shayxov

Hojiakbar Shayxov Hojiakbar Shayxov fantast yozuvchi, sehrli adabiy janr ijodkori. U Xitoy Xalq Respublikasining Chuguchak shahrida 1945 yilning 25 martida tugilgan. O’rta maktabni bitirgach, 1964—1967 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971 yillarda Toshkent politexnika oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar mobaynida elektr tarmoqlari idoralarida, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutida ishlagan. 1978 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig’i, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda u «Sirli olam» oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish «Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taftish hay’atining a’zosi.

U yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Shu vaqtgacha uning o‘ttizga yaqii kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va qissalari (1972, hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog’i — ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Telba dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib qolgan. Shuningdek, u «Umid sayyorasi», «Uyg’ongan vijdon», «Olis sayyorada», «Nishon», «Olovdan chiqqan odam», «Darxon qo‘shig’i» kabi o‘nlab hikoyalar muallifi hamdir.

Hojiakbar Shayxov mohir tarjimon sifatida o‘nlab qardosh va chet el adiblari asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Ayni chog‘da u munaqqid, olim va adabiyotshunos sifatida 20 dan ortiq maqolalar yaratgan. Ular orasida fantastika, folklorshunoslik va mifologiyaga oid maqolalari e’tiborlidir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.