Ikrom Otamurod

Ikrom Otamurod Ikrom Otamurod 1951 yili Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Kasbi qishlog’ida tavallud topgan. O’rta maktabni Komilon qishlog’ida tugatgan. 1969—1974 yillarda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil ko‘rgan. 1974—1975 yillarda O’zbekiston Davlat qomusida muharrirlik qildi. 1975 yildan to shukunga qadar «Sharq yulduzi» adabiy oynomasida adabiy xodim, she’riyat bo‘limining mudiri lavozimlaridaishlab kelmoqda.

Ikrom Otamurod o‘z tengdoshlari orasida falsafiy mushohadasining kengligi, minbar shoirligi, notiqligi bilan ajralib turadi. Uning she’r va dostoilarida ustoz Maqsud Shaixzoda nafasi ufurib turadi.

Shoiriing 1982 yilda «Vaqt ranglari», 1983 yili «Janub qushlari», 1983 yilda «To‘rg‘ayli manzillar», 1987 yilda «Ufqlar orti bepoyon», 1992 yilda «Xaritaga tushmagan joylar» va «Uzoqlashayotgan og‘riq» she’riy kitoblari chop etilgan.

Ikrom Otamurodiing falastin iyuiri Muin Bsisuga bag‘ishlangan «Yarador umid otlari» dostoni (1986) o‘zbek poeziyasining 80-yillar davri uchun voqea bo‘lgan. Dostonda xorijlik ijodkor vositasida Vatan dardlari, iison qalbining po‘rtanalari, mustaqillik, Ona yurt obrazi mavzui kuchli his hayajon bilan badiiy ifodalangan.

Shoir falsafiy mushohadaga yo‘g‘rilgan she’riy uslubiga sodiq qolib, 1990 yili «Uzoqlashayotgan og’riq» dostonini yaratdi. Bu asarda zamondoshlarimizni tobora tark etib borayotgan e’tiqod, burch, insoniylik tushunchalari qalb tug‘yoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan.

Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. Mahmud Darvish, Muin Bsisu (Falastin), Uold Uitmen (Amerika), Pablo Neruda (Chili), O’ljas Sulaymon (Qozog’iston), Yevgeniy Yevtushenko (Rossiya), Voris Oleypik (Ukraina), Bozor Sobir (Tojikiston) kabi shoirlar she’r va dostonlarini o‘zbek tiliga ag‘darib, respublikamiz kitobxonlariga taqdim etgan.

Ayni paytda Ikrom Otamurodning o‘z she’r va dostonlari ham turk, arab, bulg‘or, rus, moldovan, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan. Shoirning o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalari ijodi haqidagi publitsistik va adabiy suhbatlari ko‘pchilikka tanish. Ikrom Otamurod ayni ijodiy balog‘at yoshida katta ilhom bilan qalam tebratmoqda.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.