Maqsud Qoriyev

Maqsud Qoriyev Jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Urush yillarida Toshkent tumani Yunusobod qishlog‘i jamoa   xo‘jaliklarida  oddiy  mehnat bilan  shug‘ullangan.  1947 yilda   esa Toshkent  yuridik  institutini   tugatib,  o‘sha yerda aspiranturada qoladi. Keyinchalik yuridik fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ham ega bo‘ladi. U ko‘p yillar O’zbekistoi Oliy Kengashi noibi bo‘lgan.

Adibning jurnalistik faoliyati 1949 yil «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasidan boshlanadi. 1952—1954 yillarda esa «O’zbekiston kommunisti»  oynomasida bo‘lim boshlig’i,  1954—1963 yillarda “Toshkent haqiqati” ro‘znomasida avval bosh muharrir o’rinbosari, so‘ng bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. 1963—1984 yillargacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasiga boshchilik qiladi.  1984—1988 yillarda  «Mushtum»  oynomasining,  hozirgi  kunda   «Mehrigiyo»   ro‘znomasining  bosh muharriridir.

Maqsud   Qoriyev   adib   sifatida   60-yillarning   60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy matbuotlarda ko‘rina boshlaydi. Uning «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Afrosiyob go‘zali» (1974), «Tunalar baland uchganda» (1976), «Siz uzatib borganda» (1978) kabi hikoya va qissalar to‘plami va «Spitamen» tarixiy romanlari o‘z kitobxoniga yetib borgan. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hamdir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.