Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Minhojiddin Haydar

Minhojiddin Haydar

Minhojiddin Haydar Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi. So‘ngra «O’zbekiston madaniyati» (hozirgi «O’zbekpston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, «Yosh gvardiya» va G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshida «Minhoj» saxovat nashriyotini ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyot esa xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlarni chop etish bilan katta xayrli ish qilmoqda.

Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O’chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulsiz» (1991) kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.

U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlari kitobxon va tomoshabinda katta qiziqish uyg’otgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.