Miraziz A’zam

Miraziz A’zam Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib  ishlagan.

Uning    ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg‘a qilingan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo‘lgan. Shundan so‘ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu she’riy to‘plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining «Haqiqatning ko‘zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir.

Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi.

Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.