Mirzo Kenjabek

Mirzo Kenjabek Islohot, istiqlol kuychisi va fidoyisi Mirzo Kenjabek hozirgi davr o‘zbek poeziyasi rivojida o‘zining munosib o‘rniga ega shoirlardan biri. U 1956 yilning 20 fevralida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi  «Mehnat» (eski «Ashurjilon») qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilasida tug’ilgan. 1963—1973 yillar orasida maktabda o‘qib, uni muvaffaqiyatli  yakunlaydi.  So‘ngra, 1974—1979 yillarda u Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

Mirzo Kenjabek o‘zi haqida yozib: «Shoirlik tug‘ilmasimdan boshlangan bo‘lsa kerak»,— deydi. Chindan ham undagi she’riyatga havas, ixlos, intilish ancha erta boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami yigirma olti yoshida, ya’ni 1982 yilda «Adashgan maktublar» nomi bilan nashr etildi («Maktublarim»). Ketma-ket esa uning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari, publitsistik maqolalardan tarkib topgan kitoblari chop etildi. Adibning «Quyoshga qaragan uy» (1983), «Munshaot» (1986), «Sharq tili» (1988), «Bahorim yellari» (1991) hamda «Muhabbatning yo‘li xatarli», «Hasrat kitobi» kabi she’riy va publitsistik majmualari kitobxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olingan. U o‘zining «O’zbekiston» nomli she’rida:

Yerning har burchagida odamlar goho
Menga o‘z tilimda so‘ylar, gumon yo‘q.
O’zbek ko‘p butun Yer yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo‘q! 

— deydi. O’zbekiston haqida Mirzo Kenjabek o‘zgacha, o‘ziga xos avj pardalarda kuylaydi. U iste’dodli tarjimon sifatida A. S. Pushkinning mashhur «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Xullas, Mirzo Kenjabek timsoli va ijodi misolida milliy mustaqillik uchun kurashayotgan fidoiy yoshlarning qiyofasi gavdalanadi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.