Muhammad Ali

Muhammad Ali Shoir Muhammad Ali Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. 1959 yili o‘rta maktabii tamomladi. 1960 yili O’zbekiegon Yozuvchilari uyushmasi tomonidan Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutiga o‘qishga yuborildi. Muhammad Ali 1966 yilda institutni tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi.

Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi. Birinchi yirik asari «Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar yurti», «Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida ertak» (1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), «Sevsam, sevilsam» (1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan.

Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo’ki tarjimon emas, u romannavis sifatida ham shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod va Adiba», Barot  Boyqobilovning  «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli osmon» kabi she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) romani esa nasriy epik asar bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy-ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992).

Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va boshqalar asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.