Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf Hozirgi davr o‘zbek milliy’ adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumaii, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida,  1980—1986 yillarda  «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.

U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:

O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.