Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Norto’xta Qilich

Norto’xta Qilich

Norto'xta Qilich Norto‘xta Qilich zamonaviy adabiyotimizning kenja avlodiga mansub iste’dod sohibidir.

Norto‘xta Qilich 1946 yili Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidagi G’ishti qishlogida tug’ilgan. 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, «Buxoro  haqiqati»,  «Xorazm haqiqati», Toshkent oqshomi»  ro‘znomalarida, «Sharq yulduzi» oynomasida ishlagan. Hozir G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at matbaa birlashmasida nasr bo’limi mudiri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman ro‘znomasida bosilib chiqqan. Uning «Oppoq tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O’shandan beri uning «Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig’iriq» (1988) «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoyalar va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.

Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamnga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. Asar markaziga saylangan voqealar ko‘p hollarda dramatik, o‘tkir teranligi bilan o‘z kitobxonini jalb etadi. Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi, ozodabaxshligi bilan o‘quvchiga katta ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag’ishlaydi. Shuningdek, adibning ko‘p asarlari o‘zining badiiy tili, sodda, oddiy, ravonligi bilan ularning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlaydi.

Yozuvchi hikoyalari qozoq, qoraqalpoq, belorus, ukrain va rus tillariga tarjima qilingan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.