Nurullo Oston

Nurullo Oston

Nurullo Oston 1955 yilning 10 sentyabrida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug’ilgan.

1981 yilda oila qurgan. Besh farzandi bor.
1981 yil Toshkent Davlat Universitet jurnalistika fakultetini, 1989 yil Leningrad oliy partiya maktabini tugatgan.
1972 yilda Samarqand tumanidagi 1-o’rta maktabni bitirgan.
Mehnat faoliyatini 1972 yilda Samarqand 150-qurilish trestida chilangarlikdan boshlagan, keyinchalik Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmalarida ishlagan.
1975-1976 yillarda «QIshloq haqiqati» gazetasida korrektor bo’lib ishlagan.
1976-1978 yillarda harbiy xizmatda bo’lgan.
1978-1981 yillar mobaynida turli nashriyotlarda xizmat qilgan.
1982-1987 yillarda O’zteleradiokompaniyada muharrir, katta muharrir lavozimida faoliyatini davom etgan.
1987-1989 yillarda Leningrad oliy partiya maktabini tinglovchisi bo’lgan.
1989-1990 yillarda Samarqand viloyat partiya qo’mitasida matbuot sektori mudiri bo’lib ishlagan.
1991-1996 yillarda O’zA, Respublika televideniyesi «Axborot» Bosh muharririyatining  Samarqand viloyati bo’yicha muxbiri bo’lib ishlagan.
1996-2002 yillarda O’zteleradiokompaniya «Axborot» Bosh muharririyatining katta muharriri, viloyatlararo muxbiri bo’lgan.
2003 yildan Samarqand shahar hokimligi muassisligidagi «Samarqand» gazetasi muharriridir.
N.Ostonov 1991 yildan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosidir. Uning «Yulduzlar chaqnagan tun», «Bahor raqsi», «Yo’ldagi buloq», «Yuragimning bezovta guli», «Qadim yo’llarda», «Osmon to’la farishta» nomli she’riy to’plamlari nashrdan chiqqan. Ijodkor turkman shoirining «Rangli yomg’irlar» she’riy to’plami hamda Dog’iston xalq shoiri Rasul Hamzatovning «Bir oila farzandlari» nomli she’riy to’plamlarini tarjima qilgan. Hozirda Nurullo Ostonning «Yig’laydigan o’lik», «Rasmiy laqma», «Yeyishib o’tiraylik», «Yollanma xotin»  nomli hajviy janrdagi kitoblari nashrga tayyorlanmoqda.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.