Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / O‘ktam Usmonov

O‘ktam Usmonov

O‘ktam Usmonov Iste’dodli nosir, jamoatchi, jurnalist O’ktam Usmonov qisqa umr ko‘rsada ammo tarix o‘z muhriga oladigan hikoya, qissa va «Girdob» kabi ajoyib . roman qoldirib ketgan adibdir. U 1938 yilda Toshkent  viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida dehqon-bog‘bon oilasida tug‘ildi. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga   kirib o‘qidi. Uni   muvaffaqiyatli  tugatgach,  avval   «Lenin uchquni»   (1960— 1965), so‘ng «Sovet O’zbekistoni»   (1965—1972) ro‘znomalarida bo‘lim boshlig’i bo‘lib ishladi. 1972—1982) yillarda qariyb o‘n yil mobaynida Respublika partiya Markaziy qo‘mitasida, so‘ng O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib xamda umrining oxirigacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.

Adib   ijodining   boshlanishi   asosan   50-yillarning so‘nggi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. U avval hikoyanavis,   so‘ng   qissanavis   va   pirovard  romannavis sifatida   el-yurtga   tanildi.   Uning   birinchi   hikoyalar to‘plami  1964 yilda  «Guldasta»    va  1965 yilda    «Bas boylashgan bola»  nomlarida nashr  etiladi.  1970 yilga kelib,  «Bahor chaqmoqlari» nomi bilan mazkur asar va bir qator    hikoyalar  jamlanib  to‘plam    holida    nashr bo‘ladi. So‘ngra, adibning «Notinch kecha»  (1976), «Sirli sohil»   (1981)  kabi ikkita hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim  etildi.  Ushbu  hikoyalarda  adibning ma’naviyat, odamiylik va  insoniylik  haqidagi   xulosalari rang-barang  obrazlar  timsolida,  hayotiy  detallarda umumlashtiriladi.

U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari» (1970) dan so‘ng «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. Har ikki asar ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan yaxshi baholandi. Shuni aytish kerakki, adib O’ktam Usmonov ijodi jarayonida «Girdob» (1979) romani alohida rol o‘ynaydi. Unda bir qator olimlar xarakterini yaratish misolida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash jarayoni zamonaviy ruhda mahorat bilan umumlashtirilib beriladi. Shuning uchun ham mazkur roman 1980 yilgi Oybek mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Yozuvchining bir qator  asarlari, jumladan,  «Chest» (1977), «Rasskazi (1983), «Nayedine» (1982) «Ojidanie” (1986) kabi hikoya va qissalari, romanlari rus va qardosh tillarda chop etilgan. Adib 1990 yil 3 yanvarda hayotdan ko‘z yumdi. U qoldirgan madaniy meros esa undan yodgorlik bo‘lib qoldi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.