Olimjon Xoldor

Olimjon Xoldor Shoir va    adib    Olimjon Xoldorni   «Vodiy    kuychisi» deyishadi. U 1932 yil 18 sentabrda Andijon  viloyati Buloqboshi    tumanining    Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz  o‘rta maktabda,  so‘ng Andijondagi pedbilim yurtlarida o‘qiydi. Nihoyat, Farg‘ona Davlat  pedagogika  institutida tahsil oladi.

Sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qiladi. Avval maktabda o‘qituvchi, radio  muharriri,    «Kommunist» va «Yosh leninchi» ro‘znomalarida muxbir bo‘lib xizmat qiladi. 1968—1983 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari Andijon bo‘limiga boshchilik qildi. Hozirgi kunda «Andijonnoma» ro‘znomasida bo‘lim boshlig‘idir.

O. Xoldor ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’rlar kitobi  «Arg‘uvon tagida»  nomi    bilan 1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida choi etildi. Hozirgacha o‘n beshga yaqin kitobi, publitsistik maqolalari nashr etilgan. Jumladan «Andijon suluvi» (1968), «Kaftimdagi tuproq» (1970), «Oshiqona» (1972), «Andijon bahori» (1976), «Subhidam qo‘shiqlari» (1977), «Kumush kosa» (1979), «To‘yona-to‘yona» (1982), «Yer farzandi» (1988), «Senga intilaman» (1986), «Davrani kengroq oling» (1990), «Ko‘ngil», «Ko‘z tegmasin» (1992) hamda rus tilida «Vosmoe nebo Andijana» (1976), «Bliki» (1979), «Vostochnsh tropi» (1980), «Prichastnost» (1980), «Pilayusheye derevo» (1991) singari to‘plamlari chop bo‘ldi. Shuningdek, uning «Men— Apdijonman», «Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Roz» kabi she’riy-epik asarlari ham paydo bo‘ldi.

U qo‘shiqchi shoir sifatida ham ma’lum bo‘lib, muallifning ellikdan ortiq g‘azallariga kuylar bastalangan.

Dramaturg sifatida esa uning «Qotil qim?», «Sevgi afsonasi» kabi dramalari yaratilgan. Shoirning yuqorida tilga olingan ko‘pchilik to‘plamlariga kirgan she’rlar bepoyon vodiy va uning zahmatkash kishilari haqidagi qasida desa bo‘ladi. Shuningdek, bir qator qo‘shiq va dostonlarida esa inson go‘zalligi, ma’naviy olami, o‘zaro mehr-muhabbati, sadoqati haqida bahs yuritadi, to‘yib-toshib kuylaydi. Uning bir qator asarlari qardosh xalqlar tillariga tarjima bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir hind, chex, rus, arman, ukrain, qirg‘iz adiblari asarlarini ham o’z ona tiliga ag‘dargan. Shuningdek, uning «Ko‘ngil» nomli qissasi ham chop etilgan. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.