Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / O‘lmas Umarbekov

O‘lmas Umarbekov

O‘lmas Umarbekov Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , bahra     topadilar.     Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning   baxtigina  bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning adabiyotimiz baxtiga bunday chinakam iste’dod sohiblari anchagina.

O’lmas Umarbekov ham ana shunday iste’dodlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallab kelayotgan sermahsul, hozirjavob adiblar sirasiga kiradi. Uning tarjimai holi ham o‘z tengdoshlariniki kabi oddiy. U 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan. O’rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetiga kirib, 1956 yilda uni a’lo baholarga bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsaga qiziqqanman, — deb hikoya qiladi yozuvchi.—Keyinchalik, uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham bo‘lmoqchi bo‘lganman. Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni tugatganimda hech ikkilanmasdan Toshkent dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim. Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi bo‘lsa, adabiyotsiz,  badiiy ijodsiz  hayotimni tasavvur qilolmayman».

Mana, shunga ham qariyb o‘ttiz besh yil bo‘ldiki, u tinimsiz izlanish, ijod bilan band. Shu kungacha uning o‘nlab hikoyalari, qissalari, «Odam bo‘lish qiiyin» romani, «Qiyomat qarz», «Shoshma quyosh», «Oqar   suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra», «Kurort»,  «Yer yonganda»  kabi o‘nlab dramatik asarlari yaratildi.   Shuningdek,   «Ikki   soldat     haqida   qissa», «Radi drugix»,  «Vstrecha u visokix snegov» kabi kinofilmlar uchun ssenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani  (1971)  respublika komsomol mukofotiga, «Ikki soldat haqida qissa» (1977) Hamza nomidagi Respublika Davlat  sovriniga,   «Damir  Usmonovning  ikki  bahori» qissasi esa  (1984)  N. Ostrovskiy nomidagi Butunittifoq adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning tug’ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Va nihoyat,     1992     yilda     «O’zbekiston     xalq      yozuvchisi” degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.

Oddiy jurialistlikdan ish boshlagan O’lmas Umarbekov bu yillar davomida respublika  radiosida   muharrir,   bosh  muharrir  bo‘lib ishladi. 1971-1974 yillarda esa Uzkompartiya Markazqo‘mida avval madaniyat bo‘limida instruktor, so‘ng radio, televidenie   sektorining  mudiri  bo‘lib  xizmat  qildi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O’zbekfilm»ga boshchilik qildi. 1982  yilga  kelib, O’zbekiston    madaniyat  vazirining o‘rinbosari, keyinroq   vazir   bo‘lib   faoliyat   ko‘rsatdi. Ko‘p o‘tmay u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga   rais (1985) etib saylandi. Ayni chog‘da Osiyo va Afrika yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashi noibi etib saylandi. Nihoyat, 1989—1991 yillarda u Respublika Vazirlar mahkamasi raisining  o‘rinbosari  bo‘lib  ishladi.

U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida  asar yaratmasin, hamisha o‘z eli, yurti g‘ami bilan yashadi. Ular yelkasidagi turmush yukini yengillashtirishga intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman bo‘ladimi, xoh sahna asari bo‘ladimi,   hamma-hammasida     insonlardagi    ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  ardoqlashga,  ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir ijodkor uchun katta baxt, hayot va ijod oldidagi maqsada hamdir. O’lmas Umarbekov ham shunday baxt qushi qo‘nganlardan biridir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.