Oqiljon Husanov

Oqiljon Husanov Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932 yilnint aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni bitirgach (1940—1949)’, Samarqand dorulfununida (1949—1954) ta’lim oladi. So‘ngra Samarqand viloyat gazetasi «Lenin yo‘lida» musahhihlikdan mas’ul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. 1960 yilda Toshkentga kelgach, «Mushtum» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1967 yildan «Sharq yulduzi» oynomasiga o‘tadi va u yerda to 1979 yilgacha avval bo‘lim mudiri, so‘ng esa mas’ul kotib bo‘lib xizmat etadi. 1980 yildan to shu kungacha u «Guliston» oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha ishni davom ettirib keladi.

Oqiljon Husanov ijodi talabalik davrlaridayoq boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning ko‘plab she’riy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etildi. Ular orasida «Qo‘shiqchining taqdiri» (1963), «Samarqand bulbuli», «Mehri daryolar» (1971), «Bo‘lmagapga bo‘lishma» (1973), «Qashqar go‘zali» (1976), «Tog‘da o‘sgan bola» (1975), «Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari» (1980), «Sirli odam» (1980), «Bulbulning go‘shti» (1977), «Taqilmagan uzuk» (1983), «Baxt qaerda»   (1987),   «Qishloqqa   sayohat»   (1988),   «Ucholsa  ham ucholmagan turna» (1990), «Ustaning muhabbati» (1991) kabi kitoblari hamda «Go‘ro‘g‘li qissasi» kabi asarlari mavjud. Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan.

Yozuvchi   1982  yilda  O’zbekistopda xizmat  ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.