Otauli

O’zbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. Adib 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlog’ida tug’ilgan. 1973 yilda hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. O’rta maktabda o’qituvchi, O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir bo’lib ishlagan. 1983 yildan buyon O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.

Kitoblari: Otaulining “Turmush, xulq-atvor va mehnat estetikasi” (1982) ilk risolasi, “Osmon to’la yulduzlar” (1983) falsafiy essesi, “Surnay navolari” (1991) qissalar va turkum badialar to’plami, “Tilsim (Turkiston dostoni)” (1994), “Elchi (Afandi o’lmaydigan bo’ldi)” (1999), “Ulus. Forobiyning do’sti” (2000), “Zamona zayli” (2006) nasriy dostonlari, “Ruhiyat ehromi” (2006) essesi nashr etilgan. Gazeta-jurnallarda yozuvchining ko’pgina qissalari, hikoyalari, badialari, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari e’lon qilingan. Eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning “Sho’robod” asarini – rus tilidan, Muxtor Mag’avinning “Tiriklik qo’shig’i” va Abish Kekilboevning “Poygato’riq” qissalarini – qozoq tilidan, To’lepbergen Qaipbergenov va Ollonazar Abdievning bir qator asarlarini – qoraqalpoq tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Yozuvchi 1984 yilda “Eng jumboq tuyg’u” publitsistik maqolasi uchun “Sharq yulduzi” jurnalining yillik mukofoti, 1995 yilda “Tilsim (Turkiston dostoni)” asari uchun O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Alp Jamol mukofotiga sazovor bo’lgan. 2000 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.