Oydin Hojiyeva

Oydin Hojiyeva O’zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Buxoro viloyatining Qiziltepa tumani Bo’ston qishlog’ida tug’ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni kumush nishon, 1966 yili Toshkent Davlat dorilfununining filologiya kulliyotini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1905—1976 yillar «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976—1985 yillar «Saodat» oynomasida bo‘lim mudiri, tahririyat a’zosi, 1985 yildan to hozir gacha «Gulxan» bolalar oynomasi bosh muharriri, 1971
yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 20 dan ortiq she’riy to‘plam muallifi.

Oydin Hojieva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsada, uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop ettiriladi. So‘ngra «Manzillar» (1975), «Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), «Utrennyaya rosa» (1973, rus tilida), «Orzu guli» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» (1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), «Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), «Mushfiq onajon» (1983), «Tamal toshi» (1989), «Saylanma» (1989), «Najot» (1991), «Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy guldastalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ular orasida «Chashmalarni izlayman»  (1987) kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlar ham bor.

Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh uri turadi. Ayni chog‘da dunyo voqealariga hamdardlik, insonlar mushkulini yengillatish uchun kurash, o‘z ona xalqi, ona tuprogi, madaniy merosiga mehr alohida yangrab turadi.

Shoiraning eng keyingi «Istiqlolga qasida» nomli she’rida shu ona zaminga, ona xalqqa va uning kelajagi taqdiriga jonfidolik alohida eshitilib turdi. U mohir shoiragina emas, ajoyib publntsist, tarjimon hamdir. Ayni chog‘da uning asarlari qator qardosh tillar va rus tiliga tarjima bo‘lgan. Ana shu faol va samarali ijodi unga O’zbekiston xalq shoirasi (1992) degan sharafni keltirdi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.