Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Pirimqul Qodirov

Pirimqul Qodirov

Pirimqul Qodirov O’zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston respublikasining O’ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog’ida tavallud topdi

Pirimqul Qodirovning urushdan keyingi  xo‘jalikni izga solish yillarida jamoa xo’jaligidan boshlangan mehnat faoliyati yo’l qurilishi, So’ng Bekobod metallurgiya zavodida ishlash bilan davom etdi.

1951 yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, M. Gorkiy   nomidagi   jahon   adabiyoti   institutining aspiranturasiga kirdi.  «Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi» mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi.

1954—1963   yillar   davomida   Ittifoq   Yozuvchilari uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishladi. 1963-1976 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi vazifasini bajardi.

Adib ijodining debochasi talabalik yillarida e’lon etilib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini badiiy bayon qilgan «Studentlar» hikoyasi 1950 yilda bosmadan chiqdi. Ketidan «Jon shirin», «Kayf», «Olov» hikoyalari, «Besh yilliklar farzapni», «Dadrim», «Erk», «Meros» qissalari, «Najot» afsona-qissasi, «Sarguzashtlar» «Yayra institutga kirmoqchi» nomli qissa va hikoya-iar to‘plami kitobxonlarga taqdim etildi.

«Uch ildiz», «Olmos kamar» romanlarida adib ijodiy mahorati   charxlanganligini   ko‘rsatib,   o‘zbek   nasrini boyitdi.

Oldin «Yulduzli tunlar»   (Bobur), keyin «Avlodlar dovoni» romanlarn bilan Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy  romanini  ustoz Oybekdan  keyin  yangi  pog‘onaga ko‘tardi.

G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (I tom, 1977, “Olmos kamar” romani; II tom, 1978, «Qora ko‘zlar» romani,  «Erk» qissasi; III tom, 1979, «Uch ildiz» romani) nashr qilindi.  Mazkur nashriyot  adibning uch jildlik “Saylanma”sini ham bosdi: birinchi jild — «Uch ildiz» romani, «Qadrim» qissasi; ikkinchi jild — «Qora ko‘zlar» romani, «Meros» qissasi»; uchinchi jild— «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar»dan iborat.

Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida   ham   qalam  tebratmoqda.   Uning  ilk    ocherki “Oilamiz”  1953 yili chop etildi,  «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir.

Adib   ssenariysi   asosida  zangori   olov   zahmatkashlari haqida «Sening izlaring» badiiy filmi qo‘yildi. «Vijdon» —   viloyat  sahnalarida  ketmoqda.  Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon xalqlari tillariga o‘girildi.

Adib tarjimon sifatida L. Tolstoyning «Kazaklar»ini, K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»ini, P. Tolisaning «Iz»ini, X.  Deryayevning «Taqdir»ini ona tilimizga o‘girdi.

«Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U O’zbekiston xalq deputati, Respublika rayosatining millatlararo munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.