Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Po‘lat Mo‘min

Po‘lat Mo‘min

Po‘lat Mo‘minPo‘lat Mo‘min shoir, dramaturg va nosir sifatida adabiyot ixlosmandlariga, xususan yosh avlodga tanish va yaqindir. O’zining quvnoq she’rlari, zavqli ko‘shshutari va qizipqarli dostonlari, ertak va dramatik asarlari bilan bolalarning sevimli adiblaridan biri bo‘lib qolgan.

U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil  oladi. So‘ng Nizomiy nomidagi pegagogika (1944) institutini tugatib, o’qituvchilik qiladi. “Lenin uchquni” ro‘znomasida adabiy xodnm, 1951-1952 yillarda O’zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘liminjng mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954—1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962—1964 yillarda Madaniyat Vazirligi qoshidagi San’at boshqarmasida nuharrirlik qiladi.

1949 yilga kelib, uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g’ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971) hamda «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin ko‘l» kabi o‘nlab to‘plamlarp nashr etildi. Ularning ko‘pchiligida yoshlarning beg’ubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.

Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratdi. U mohir qo‘shiqchi sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Ey, muhabbat». «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilap el og‘zida kuylanib kelinadi.

U mohir tarjimon sifatida A. S. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga ag‘dardi. Ko‘pgina asarlari o‘zga tillarga tarjima qilindi.

Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholandi. 1992 yilda unga O’zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berildi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.