Ramz Bobojon

Ramz BobojonShoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1921 yili Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Ta’lim-tarbiya texnikumini tamom qilgandan keyin Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining adabiyot fakultetiga kirib o‘qiydi.

1939—1948 yillarda u «Lenin uchquni» muharririyatida bo‘lim boshlig‘i, O’zbekiston Davlat nashriyotida, O’zbekiston Radio komitetida muharrir bo‘lib ishladi. O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi, kotib, «Vatan» jamiyati rahbari sifatida faol mehnat  qildi.

Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shu vaqtgacha «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Serdse ne spit nikogda» (1963), «Dvajdi jivyot poet» (1966), “Da — ya aziat” (1973), «Senga sevgilim» (1969), «Bi-rinchi parvoz» (1989), «Muhabbatga ta’zim» (1980) kabi bir necha to’plamini va «Saylanma»larini nashr ettirdi.

Shoirning “Qadrdon do‘stlar” poemasi urush va undan keyingi davrdagi  sovet xalqlarining   do‘stligini ko’rsatishga bag’ishlangan. Dramaturgiyamiz taraqqiyotida Ramz Bobojonning o’ziga yarasha  xizmatlari  bor.   1961 yilda “Tog’a va jiyanlar” komediyasini yaratdi.  «Lo‘lilar” pyesasi Moskva  teatrlarida  namoyish qilindi.

Qoloq shaxslar  keskin fosh etilgan “Insu jins yoki tirik murdalar” (1972) komediyasi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Dramaturgning  «Yusuf va Zulayho»   (1981) dramasi, ayniqsa, tomoshabinlar  va  keng  kitobxonlar   olqishiga sazovor bo’ldi.

Ramz Bobojonning  adabiyot shinavandalari faqat shoir sifatida emas, balki yaxshi tarjimon sifatida ham bilishadi. A. S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, N.A.Nekrasov  va boshqa   klassiklarning    asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Ramz Bobojon o’zining barakali ijodiy faoliyati uchun “Hurmat belgisi”  ordeni bilan mukofotlangan.

1972 yilda O’zbekpston SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Xalq shoiri unvoni va «Obi hayot» poemasi uchun Davlat  mukofotini olishga    sazovor    bo‘lgan. Ko’p yillar davomida «Vatan»   jamiyatini     boshqarib kelgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.