Rauf Parfi

Rauf Parfi Iste’dodli shoir Rauf Parfi 1943 yilda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida  dunyoga keldi. 1960—1965 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rdi. Jumhuriyat kino qo‘mitasida, G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishladi.

Garchi uning ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham u 60-yillarning o‘rtalariga kelib shoir sifatida tanildi. Shundan so‘ng uning «Karvon yo‘li» (1968), «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1981) kabi o‘nlab sara she’riyat to‘plamlari bosilib chiqdi. «Sukunat» (1991), «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993) hamda ikki jildli «Saylanma» asarlari (1993) chop etildi. Agar uning 1-jildi nazm bo‘lsa, 2-jildi nasriy va tarjima asarlarini tashkil etadi. So‘nggi yillarda uning «Sharq yulduzi», «Yoshlik» kabi oynomalarda hamda «O’zbekioton adabiyoti va san’ati», «Turkiston», «Erk» ro‘znomalarida yangi — mustaqillik davri muammolarini hikoya qiluvchi o‘nlab ajoyib she’rlari o‘z o‘quvchisi qalbini yangidan zabt etoldi. U mohir tarjimon sifatida Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatiing «Inson manzaralari», Karlo Kaladzeniig «Dengiz xayoli kabi asarlarini o‘z ona tiliga o‘girdi.

U shoir, tarjimongina emas, nosir, maqolanavis sifatida ham o‘z o‘quvchisiga yaqindir.

Rauf Parfi o‘zining «Sabr daraxti» (1986) she’riy to‘plami uchun O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi sovriniga musharraf bo‘lgan. 1992 yilda xalqaro Mahmud Koshg‘ariy sovriniga ham ega bo‘ldi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.