Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Razzoq Abdurashid

Razzoq Abdurashid

Razzoq Abdurashid Razzoq Abdurashid toshkentlik. U 1936 yili    tavallud topgan. O’rta  maktabni  tugatgandan so‘ng, 1953—1958 yillarda  Toshkent Davlat dorilfununi filologiya  fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1958—1964 yillarda «Gulxan» oynomasida, 1964—1966 yillarda esa «Lenin uchquni» ro‘znomasida, 1961—1969 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida ishlagan. 1969—1971 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Shundan so‘ng O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, Respublika Radiosida muharrir, 1979 yildan to shu kungacha G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrirdir. Uning birinchi she’rlar to‘plami 1962 yilda «Yo‘l boshida» nomi bilan chop etilgan. Shundan buyon o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlar, ko‘plab dostonlar hamda bolalar uchun she’riy asarlar yaratgan,

Uning «Kaftimda olam» (1969), «Qalbim qo‘lingda” (1970), «Yulduzlar hayoli» (1975), «Sukunat», «Yoruglik” (1983), «Otalar chirog‘i» (1986), «Yo‘l o‘rtasida» (1988) kabi to‘plamlari chop etilgan. Shuningdek, shoirning «Yulduzlar xayoli», «Toshfaryod», «Umrdan lavhalar» kabi bir qator dostonlari ham mavjud.

Bolalar uchun esa «Buvimning ertaklari» (rus tilida), «Quyonpolvonning ertaklari» kabi kitoblari ham; yaratilgan. Shuningdek, shoirning «Pritok»  (1979) to‘plami rus tilida Moskvada chop bo‘lgan. U tarjimon sifatida S. Vurg‘un, M. Jalil va Ye. Isayev asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoir barcha asarlarida Ona Vatan madhi, mehri, yor vasli va soginchi, go‘zal tabiat manzaralarini kuylaydi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.