Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Sa’dulla Siyoyev

Sa’dulla Siyoyev

Sa'dulla Siyoyev Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. 1946—1956 yillarda Qarnoqdagi o‘rta maktabda, 1957—1962 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida o‘qidi. O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan S. Siyoyev dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u O’zbekiston uyushmasi Adabiyot jamg’armasi boshqonidir.

Sa’dulla Siyoyev ijodi she’r yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasida bosiladi. S.Siyoev she’rlar bilan bir qatorda «Qiz bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalari ham e’lon qilindi. Shu hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuyg’ular ulug’lanadi, Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami — «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy-yumoristik hikoyalari kiritilgandir. Shundan so‘ng S. Siyoevning «Sadagang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keeling” (1976), «Og’ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuyg‘ularini ardoqlaydi.

Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Uning eng so‘ngti «Majnuntolning novdasi» (1989) nomli hikoya va qissalari Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etildi. Rus tilida ham uning «Sneg na golovu» (1988), «Skazki dlya mujchin» (1989) kabi to‘plamlari chop etildi. Hozirgi kunda adibning «Turkistonlik avliyo» nomli tarixiy romani chop etilmoqda. Unda ulkan bobokalonimiz Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi.

S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chog’da u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.