Saida Zunnunova

Saida Zunnunova

Talantli shoira,  jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan  erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon o‘qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida    adabiy xodim bo‘lib ishlagan.

Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.  Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko‘rinadi.

Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat dorilfununi)ning filologiya fakultetiga  yetakladi. O’qishni    tamomlab, “Gulxan” oynomasida, «O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi  bo‘lib ham xizmat qiladi.

Baxtiyor yoshlik, ona-Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlarga taqdim etildi.

Saida Zunnupova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning  «Gulbahor»   (1956)   hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlarvga qarshi kurash mavzularini aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlarp ham ayollardir.

Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari, undan birgiia nabiralari bor.

So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova hikoyalariga husndir.

Ona-Vatanga sadoqat, mehnat va baxt, muhabbatni haqgo‘ylik bilap kuylagan shoiraning lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda.

Adiba asarlarini rus va boshqa qardosh xalqlar kitobxonlari o‘z ona  tillarida  sevib  o‘qimoqdalar.

Hukumatimiz Saida Zunnunovaning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini taqdirlab, uni Hurmat belgisi ordeni bilan mukofotlagan.

Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977 yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot topdi. Uning hassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aplanib qoldi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.