Saloy Madaminov

Saloy Madaminov Iste’dodli shoirlar orasida Muhammad Solih (Saloy Madaminov)ning o‘z o‘rni, ovozi bor. U 1949 yili Xorazmda tavallud topgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatib, sobiq Sovet Armiyasida xizmat qilgan. 1975 yilga kelib Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini muvaffaqiyatli tugatadi. So‘ngra Moskvadagi Adabiyotchilarning oliy maktabini  tamomlaydi.

U jamoatchi sifatida O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham ishlaydi.

Muhammad Solih ijodi asosan 70-yillar boshidan boshlangan bo‘lsa ham 1977 yilda uning birinchi she’riy to‘plami—«Yilning beshinchi fasli» («Pyatoe vremya goda»), «Oq ko‘ylak» (1980), «Luna vkolodtse» (1980) kabi qator she’riy to‘plamlari nashr etiladi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay uning «Olis tabassum soyasi» (1988), «Orzu fuqarosi» (1990) kabi she’riy guldastalari kitobxonga taqdim etdladi. Shuningdek, «Ko‘zi tiyrak dard» (1990) nomi bilan publitsistik asarlar to‘plami ham bosiladi. To‘plam uch qismdan iborat bo‘lib: a) iztirobning ko‘zi; b) yaxshilikning tili; v) tarixiy zarurat kabi nomlar bilan turkum holida beriladi.

Unda shoirga zamondosh bo‘lgan ayrim kimsalarning loqayd, maqsadsiz, o‘zi uchun yashash tarzi qoralanadi. Aksincha, faolroq, tiyrakroq, ziyrakroq yashashga chorlaydi.

Shoir «Olis tabassum soyasi» to‘plamida qadimiy turkiy bitiklarning taqdiri, qadr-qimmati  haqida kuyinib kuylaydi.

Muhammad Solih she’riyati lirik-falsafiy oqimning yaxshi namunalari bo‘lib, o‘z bag‘rida G’arb va Sharq she’riy san’atlarini jobajo qilganligi bilan ajralib turadi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.