Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Sharof Boshbekov

Sharof Boshbekov

Sharof Boshbekov Iste’dodli yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. U adabiyotning qutlug‘ dargohiga 80-yillarning boshlarida kirib kelgan edi.

Dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rdi. Binobarin, uning «G» varianti» hikoyasi  (1981),  «Jumboq» (1986) hajviyasi, «G’urur» (1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga keldi. Shundan so‘ng uning ketma-ket rang-baraig mavzudagi sahna asarlari yaratildi. Jumladaan, u «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim» (1987) kabi komediya, «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988) «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari yaratildi. So‘nggi vaqtda unipg «Taqdir eshigi» dramasi yozildi.

Ayniqsa, uning «Temir xotin» p’esasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, psixologiyasida sodir bo’layotgan jiddiy o’zgarishlar hajviy yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari 1989 yilda Maqsud Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.