Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon Iste’dodli ijodkorlar orasida Shavkat Rahmonning o‘z sozi, ovozi ayricha jaranglab turadi. U 1950 yilning 12 sentyabrida O’sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1966 yilda O’shda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, bosmaxona va viloyat ro‘znomalarida ishlaydi. 1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitiradi.

Shoirning dastlabki she’rlari O’sh viloyat ro‘znomalarida chiqa boshlaydi. Birinchi she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978) nomi bilan bosiladi. Shundan keyin shoirning «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog’lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘nlamlari bosilib chiqdi. U tarjimon sifatida «Lorka, saylanma» (1979) nomi bilan ruschadan tarjima, yana «Lorka, saylanma» (1989) ispanchadan tarjimalari bosilgan. Uning asarlarida tarixga, kechmishga sayohat, hozirgi kunlarga tanqidiy baho yetakchilik qiladi.

Shavkat Rahmon she’riyati 80-yillarda o‘zbek adabiyotida kuchli oqimni tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.