Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Shukur Xolmirzayev

Shukur Xolmirzayev

Shukur Xolmirzayev Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent dorilfununida tahsil ko‘rdi. Ijodi o‘quvchilik yillaridan boshlandi.

Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi.

Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti zamondoshlarimizning murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi.

Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat iztiroblari tarixida tasvirlanadi.

Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa…» hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlaridir.

Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy hikoyachilik san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi. Uning povest va romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.

San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi.

Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan.

Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)’ «Toglarga qor tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani nashr etildi. U 1989 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi upvoniga musharraf bo‘lgan.

Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan san’atkorlardandir.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.