Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Turg’un Po’lat

Turg’un Po’lat

Turg'un Po'lat Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa, davlat xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab shoir   sifatida «Bizning bobo» (1951); «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan»   (1956), «Festival qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da   «Ayollar isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra hujjat» (1970) kabi hajviy hikoyalari yaratildi. So‘pgra uning «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) hajviy   hikoyalar to‘plami, «Vodiylarni yayov kezganda» (1971) ocherklari, «Ichkuyov»   (Qissa va hajviyalar» — 1979—1986 nashrlari) chop etildi. Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi.

Uning «Tabarruk zaminda»   (1970),  «Xotinboz»    (1972),   «Yalovbardor»    (1986) kabi asarlari shu jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg she’r va ocherklarida bo‘ladimi, hikoya va qissalarida   bo‘ladimi,   hayotdagi,   odamlardagi   nuqsonlar ustidan kulib, uni bartaraf etish yo‘lini izlaydi. Ayniqsa, uning «Ichkuyov» (1975) qissasi adibga shu jihatdan sharaf keltirdi: shu nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979 yili vafotidan so‘ng Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.