Uchqun Nazarov

Uchqun Nazarov Uchqun Nazarov ko‘p qirrali ijod sohibi. U ham adib nosir, kinodramaturg, kinorejissor   1934  yili  Toshkent shahrida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent teatr va rassomchilik oliy bilimgohishgag  rejissyorlik  bo‘limida   tahsil   olgan.

Avval Qo‘qon  shahridagi  Hamza  drama teatrining bosh reyissyori, hozirgi   kungacha esa «O’zbek film» kinostudiyasining yetakchi mutaxassislaridan bo‘lib faoliyat  ko‘rsatib      keladi.

Uning adib sifatidagi ijodining boshlanpshi 60-yillarga to‘gri keladi. U o‘zining dastlabki «Odamlar» (1961) hikoyasi bilan keng kitobxonlarga, ustozlarga tanilgan. Ulkan adib Abdulla Qahhor o‘sha yillarda yozuvchi O’lmas Umarbekovning «Boboyong‘oq» hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning mazkur «Odamlar» hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan buyon adibning «G’urur» (1965, hikoyalar), “Jur’at”  (1977, qissa va hikoyalar), «Sadoqat»  (1965), “Listopad»   (1976,)   Moskvada rus    tilida    nashr etildi. Shuningdek, adibning  «Vernost»   (M.,    1987, rus tilida)   hikoya va   qissalaridan iborat    nasriy asarlari    to‘plami  chop    etildi.   Uchqun    Nazarov  o‘zining “Iqror», «Odamlar», «G’urur» kabi hikoyalari bilan keng kitobxonlar orasida munosib obro‘ topdi. Nasr sohasidagi uning so‘nggi va eng yirik asari «Chayon yili» romani ham o‘quvchiga manzur bo‘ldi.

Ma’lumki, Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, ular orasida «Oina» (1987) dramasi shuhrat topdi va Hamza nomli drama teatrida sahnalashtirildi.

U kinorejissyor, kinostsenarist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, uning — «Surayyo», «Siz va yigit», «Shiddat», «Alangali sohil» va uch bo‘limdan iborat «Qo‘qon voqeasi» kabi badiiy filmlari elga, tomoshabinga manzur bo‘lgan. Ana shu so‘nggi filmi uchun unga  1977  yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” hamdir. Eng muhimi, ijodkor qaysi janrda, qanday mavzuda asar  yozmasin, hamisha insoniylikni ulug‘lashga, ular o‘rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o‘zaro birbiriga muruvvatli, shafqatli bo‘lshnga chorlab keldi. Xuddi shu hol u yaratgan qahramonlarning   ma’naviy-axloqiy   butunligini   ta’minladi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.