Vali G’afurov

Vali G'afurovJangchi adib Vali G’afurov o‘zining ikki kitobdan iborat «Vafodor»     romani,     «So‘nggi pushaymon»,      «Botirga     o‘lim yo‘q»   kabi   qissalari,   «Shoxlardagi   mezonlar»    kabi   memuar va o‘nlab ajoyib hnkoyalar   muallifi   sifatida adabiy jarayonga hissa qo‘shib keladi. U  1922 yilda Toshkentda  tug’ilgan.

Tarjimai  holi nihoyatda   oddiy,   ayni   chog’da hayajonli,     jasoratga     to‘la, sermazmun. Oddiyligk — u ayrim   hamkasblari   kabi   lavozimlarda o‘tirmadi. O’qish, mehnat bilan mashg’ul bo’ldi.

Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida o‘qituvchilik dildi. 19 yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yo‘l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik namunalarini ko‘rsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yo‘la ikki ko‘zidan ajraldi, bir oyog‘i nogiron bo‘lib qoldi.

Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar ko‘magida brail-igna bilan yozish,  o‘qish usulini tezda o‘zlashtirib oldi. O’qituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi. Va nihoyat, 60- yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan «Vafodor» romanining birinchi kitobi nashr etildi.

1973   yilda  «Vafodor» romanining ikkinchi kitobi: paydo bo‘ldi. Asar kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima bo’ldi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuyg’ulari ulug’landi.

Vali G’ofurov “Vafodor” romanidan so’ng “So’nggi pushaymon”, “Botirga o’lim yo’q” kabi qissalar, “Shoxlardagi mezonlar” kabi memuar xarakterdagi polotnolar va ko’plab hikoyalar yaratdi. Ular orasida “So’nggi pushaymon” qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va zamondosh yoshlarning ma’naviy-axloqiy barkamollashuviga to’siq bo’layotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yo’llari izlanadi.

U O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.