Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Yo‘ldosh Sulaymon

Yo‘ldosh Sulaymon

Yo‘ldosh Sulaymon Samimiy va beg‘ubor tuyg‘ular bilan adabiyotimiz xazinasini boyitayotgan adiblardan biri Yo‘ldosh Sulaymondir. U 1935 yilda Qo‘qonning Oydinbuloq qishlog‘ida tavallud topgan.   O’rta maktabni bitirgach, yoshlar  yetakchisi,   muallim bo‘lib   ishlagan.   1960   yillarga kelib Farg‘ona Davlat pedagogika institutini   tugatgan. Shundan so‘ng uch sohada — maktabda,    madaniyat   o‘choqlarida, ro‘znomalarda    turli  lavozimlarda   faoliyat    ko‘rsatgan.

U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Farg‘ona bo‘limini ham boshqargan. Hozirgi kunda esa «Adolat» ro‘znomasida mas’ul vazifani ban«aradi. Uning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, shu kungacha o‘n beshdan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlari hamda «Subhidam» (1973), «Vafo» (1979) kabi romanlari chop etilgan.

Yo‘ldosh Sulaymon avvalo bolalar shoiri sifatida adabiyotimiz qutlug‘ dargohiga kirib kelgan. Uiing «Biz sayohatchilarmiz», «Hamma havas qiladi», «Rahima-chi, vahimachi» kabi she’riy majmualari, beg‘ubor bolalik, beg‘araz do‘stlik, samimiylik, tabiatga mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan to‘lib toshgandir.

Yo‘ldosh Sulaymon publitsist, ocherknavis va hikoyanavis sifatida ham barakali ijod qilib keladi. Uning «Katta yo‘lga chiqquncha», «Da’vatingni eshityapman, hayot»   (1967—1971)   kabi    ocherklari va  «Boqiy    umr» kabi hujjatli qissalari o‘zining badiiy puxtaligi, hayotiyligi, ehtirosli his-tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, adibning «Sen mening quyoshimsan» nomli ocherklar to‘plamiga kirgan asarlari o‘zining tarixiyligi, realligi bilan e’tiborlidir. Unda asrlar mobaynida suv, erk, yer, Vatan uchun olib borilgan jangu jadallar qatnashchisi bo‘lgan ona xalq haqidagi samimiy tuyg‘ular kitobxon qalbiga chiroq tutadi.

Yo‘ldosh Sulaymon qaysi janrda, qanday mavzuda va kim uchun yozmasin, uning ijod tajribalari adibning «Subhidam» va «Vafo» romanlarining yaratilishida bir mahorat maktabi bo‘lib xizmat etdi, desak xato bo‘lmas. Shu jihatdan uning har ikki romani adabiyotimiz taraqqiyotida ham, yozuvchi ijodida ham sezilarli iz qoldirdi. Har ikki asarda ham yurtimizning, xalqimizning Oktyabr to‘ntarishi davri hayoti, kurashi, qurbonlari, orzu-umidlari, intilishlari keng jabhada ifodasini topdi. Xususan, «Subhidam» romaiidagi voqealar ancha tirband, murakkab, syujet chizig‘i ham shunga yarasha jiddiy. Unda 20-yillar o‘lkamizdagi siyosiy-ijtimoiy hayot fonida ikki sevishganlarning judolik azobida, ayriliqda ezilishi, ruhiy dramalari umumlashtirilgan. Undagi bosh qahramon Qo‘ldoshali mana shu ijtimoiy kurash yillarida o‘z sevgilisi Saodatni yo‘qotib qo‘yadi. Qo‘ldoshali dushmanlari esa Saodatni o‘z boy otasi bilan xorijga o‘tib ketgan deb aldashadi. Qo‘ldoshali ham sevikli yori dardi bilan Afg‘onistonga o‘tadi. Yozuvchi Qo‘ldoshalining musofirchilikda tortgan azob va iztiroblarini, yor dardida kuyganligini ishonchli tasvirlaydi. Qo‘ldoshali musofirchilikda bo‘lsa ham o‘z eli, yurti, ona Vatani, yoriga bo‘lgan muhabbati va sadoqatiga sodiq qolishi vafo jilovini tuta olganligini ko‘rsatadi.

Hamisha xushchaqchaq, chehrasidan tabassum arimaydigan beg‘ubor va samimiy qalbli adib hozirgi kunda yangi ijodiy ejalar bilan band.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.