Zohir A’lam

Zohir A'lam Yozuvchi Zohir A’lam urush davri farzandi, u 1943 yili Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor  zavodida ishlab, kechqurunlari esa Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qiladi. So‘ngra  Buxoro-Ural gaz o‘tkazgich magistralida ishlaydi. «O’zbekiston» nashriyotida, «Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi.

Zohir A’lamning ijodi, aniqroga birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda nashrdan chiqqan. Undagi ko‘pgina hikoya adib ko‘rgan, bilgan hayot va zamondoshlari obrazini chizishga qaratilgan. So‘ngra 1978 yili «BAM ufqlari» (1978) nomli ocherk va hikoyalar majmuasini chop ettiradi. 1978 yilga kelib, uning «Muqaddima» qissasi yaratiladi. 1981 yilda «Kiyik ko‘zi» nomi bilan hikoyalar to‘plami bosidadi. Va nihoyat, 1987 yilda «Afandining qirq bir pashshasi» nomli qissasi nashr bo‘ldi. Mazkur hikoya, qissalarida muallif hayot va odamlar, tabiat va jamiyat muammolari haqida, imon va diyonat, jaholat va pastkashliklar haqida hikoya qiladi. Yaxshilardan, yaxshi narsadardan o‘rnak olishga, uning uchun kurashga da’vat etadi.

U tarjimon sifatida ham ancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Bular orasida S.Zaliginning «Komissiya» romani ajralib turadi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.