Sattorxon Abdug‘afforov (1843-1901)
Sattorxon Abdug‘afforov (1843, Chimkent — 1901, Toshkent) — ma’rifatparvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o‘rgangan.
Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)
Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan.
G‘urbat (1850/53-1918)
G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan.
Almaiy (1851/52-1894/95)
Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotin