#ANDIJON

G‘ani Mavlonov (1910-1988)

Mavlonov G‘ani Orifxonovich (1910.15.1 — Toshkent — 1988.12.3) — geolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1970). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1955), professor (1957).

Malik Qayumov (1912-2010)

Malik Qayumov (1912.22.4, Toshkent – 2010.29.4, Moskva) — kinorejisser, kinooperator. O‘zbekiston xalq artisti (1948), SSSR Xalq artisti (1967). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1946). Mehnat Qahramoni (1981).

Xadicha Sulaymonova (1913-1965)

Xadicha Sulaymonova (1913.3.6, Andijon shahri — 1965.26.11, Toshkent) — huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1954), yuridik fanlari doktori (1951), professor (1952), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956).

Obid Sodiqov (1913-1987)

Sodiqov Obid Sodiqovich (1913.15.11 — Toshkent — 1987.22.7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960). Obid Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1972