#ANDIJON

Qodir Mirmuhamedov (1920-2012)

Qodir Mirmuhamedov (1920.10.12, Toshkent — 2012) — tarjimon va kinostsenariychi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1999), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1981). 2-jahon urushi qatnashchisi.

Vosil Qobulov (1921-2010)

Qobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent — 2010) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1977).

Shoislom Shomuhamedov (1921-2007)

Shomuhamedov Shoislom Mahmudovich (1921.16.4, Toshkent — 2007) — sharqshunos-eronshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42).

Ramz Bobojon (1921-2008)

Ramz Bobojon (taxallusi; asl ism-sharifi Bobojonov Ramz, 1921.2.12, Toshkent — 2008) — shoir va dramaturg. O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1971).