#JIZZAX

Faqiriy (1880-1925)

Faqiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurazzoq Abdujabbor o‘g‘li) (1880 — Xiva yaqinidagi Bo‘zxona qishlog‘i — 1925) — shoir, xattot va naqqosh. Xivadagi Olloqulixon madrasasida o‘qigan.

Laffasiy (1880-1945)

Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin o‘g‘li) (1880 — Xiva — 1945) — o‘zbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida ta’lim olgan.

Rustambek Yusufbekov (1880-1950)

Rustambek Yusufbekov, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, o‘zbek ma’rifatparvari. Dastlab maktabxonada, so‘ng Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan.

Ismoil Obidiy (1880-1941)

Obidiy Ismoil Eldinovich (1880, G‘ulja — 1941/42, Krasnoyar o‘lkasi) — jurnalist, jamoat arbobi, o‘zbek davriy matbuotining asoschilaridan biri. G‘uljadagi Rossiya elchixonasi xodimi oilasida tug‘ilgan. Otasi vafotidan keyin 1890 yilda onasi bilan birga Q