#JIZZAX

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan

Miriy (1830-1899)

Miriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ochildimurod Ne’matilla o‘g‘li) (1830 — Kattaqo‘rg‘on—1899) — shoir va xattot. Kattaqo‘rg‘ondagi Naqibxo‘ja va Buxoro madrasalarida o‘qigan. Kalliqo‘rg‘on mavzeida qozilik qilgan (1888).

Muntazir (1831-1889)

Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qo‘qon — 1889, Andijon) — shoir. Qo‘qondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur o‘rgangan.

Rojiy Marg‘inoniy (1834-1918)

Rojiy Marg‘iloniy (taxallusi; asl ism-sharifi Xo‘jajon Xo‘ja Nizomiddin Xo‘ja o‘g‘li, 1834 — Marg‘ilon — 1918) — shoir. Qo‘qon va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xushxat va savodxon bo‘lganligi uchun mirzalik qilgan.