Home / Muallif haqida

Muallif haqida

Toshmurodov Jahongir Ilhomovich

1990-yil 5-sentyabr kuni Surxandaryo viloyati, Sherobod shahrida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2014-yil Termiz davlat universitetining Kasbiy ta’lim fakultetini Ijtimoiy-iqtisodiy mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.


Ro‘ziqulov Ahmadjon Abdurashidovich

1986-yil 06-yanvar kuni Surxandaryo viloyati, Sherobod tumanida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy.(Magistr) 2007-2010yil Termiz davlat universitetining Fizika-matematika fakultetini amaliy matematika va informatika, differensial tenglamalar mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.


 Maqsadlarimiz: O’zbekiston Respublikasi tarixi va milliy an’analar, yo’qolib borayotgan qadriyatlarini qayta tiklash. Kelajakda ushbu sayt orqali O’zbekistonni tarixan buyuk ekanligini va milliy an’analarini butun dunyoga tanitishdan, chet-ellik sayyohlar uchun tarixiy obidalar va boshqa manbaalarini chet tillarga o’girish, global tarmoqda bepul, qulay va boy resursga ega bo’lgan saytga aylantirishdan iborat.  Bu sayt orqali har qanday foydalanuvchi istalgan tilda O’zbekiston Respublikasi tarixi va milliy an’analari haqida o’ziga keraklicha ma’lumot olishi, video ko’rgazmalar orqali o’zini qiziqtirgan tarixiy obidalar haqida keraklicha ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin bo’ladi.

Muallif sayt haqida: Sayt qurilish jihatidan to’liq zamonaviy; Siz saytimizdan kompyuterda, Iphone yoki shunga o’xshash sensorli telefonlarda, planshet moslamalarda, internet tarmog’iga ulanish imkoniyati bo’lgan uy televizorlarida ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Siz foydalanayotgan moslamaga qarab saytning dizayni ham qulaylik jihatidan moslashadi. Axborot xavfsizligini saqlash maqsadida mukammal ximoya tizimi ishlab chiqilgan. TARIX.UZ sayti har doim, qayerda bo’lsangiz ham, Siz bilan birga bo’lishga harakat qiladi.

Xullas, bu sayt faqat Siz va sizning qimmatli fikrlaringiz tufayli o’z qadr-qimmatini oshirib boradi. Bu sayt kelajakda mening orzuimdagidek sayti bo’lib yetishadi.

O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat…!

http://economical.uz/

5 Fikrlar

  1. Сайтга гап йўқ! Келгусидаги ишларингга омад. Худо хохласа Республикада биринчи бўлади

  2. MIT dagi 1-urin bilan tabriklayman
    ishlaringizga omad tilayman

  3. Tamriklayman Jahongir aka Surxandaryo liklar nomidan 🙂

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.