Home / Boshqalar / Yangiliklar / Qaynoq yurak ustidagi “O’zbekiston belgisi” muborak, aziz yoshlar!

Qaynoq yurak ustidagi “O’zbekiston belgisi” muborak, aziz yoshlar!

“Bugun yoshlar katta kuch bo’lib hayotga kirayapti. Men ularga o’zimga ishongandek ishonaman”, deya yurtimiz yoshlariga prezidentimiz tomonidan berilgan e’tirof, bildirilgan ishonch kun sayin o’z isbotini topayapti.

1448719263_dsc_0964

Fan, ta’lim, madaniyat, sport, san’at, sog’liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo’jaligi, huquq va harbiy sohalarda tahsil olayotgan, faoliyat yuritayotgan, bilim va tashabbuslari bilan yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar hukumatimiz tomonidan munosib ravishda rag’batlantirilib, qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Bunga 2003-yildan buyon ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoiylik tuyg’usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro’si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko’rsatayotgan yoshlar “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanib kelinayotganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, mazkur ko’krak nishoni sohibi bo’lish ishtiyoqidagi yoshlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yil tanlov Komissiyasiga 970 nafar nomzodlarning hujjatlari kelib tushgan bo’lsa, ushbu nomzodlardan 22 nafari ko’krak nishoni sovrindoriga aylanishdi.

Tantanali marosim oldidan sovrindorlar Mustaqillik maydonidagi “Mustaqillik va ezgulik” monumenti poyiga gulchambar qo’yishdi. Shundan so’ng poytaxtimizdagi muhtasham “Turkiston” saroyida tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda vazirlik, idora, va muassasalarning rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari, “Kamolot” YIHning yetakchilari va faollari, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.  Yurtimizning taniqli xonandalari Rashid Xoliqov, Gulsanam Mamazoitova, Ziyoda, Alisher Turdiyev, “Sharq” guruhi, O’zbekiston Qurolli Kuchlari ansambli, Ramiz Usmonov va Shirin Mamatovalar ijrosidagi taronalar barchaga xush kayfiyat bag’ishladi.

Tadbir davomida “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonining 2015-yilgi sovrindorlarini taqdirlash barobarida O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishda o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotganligi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Shukuhli, hayajonli va yorqin lahzalarga boy tarzda bo’lib o’tgan taqdirlash marosimi sovrindorlar va tomoshabinlarning xotirasida uzoq yillar davomida muhrlanib qolishi shubhasiz.

Qaynoq yurak ustidagi “O’zbekiston belgisi” muborak bo’lsin, aziz yoshlar!

Manba: Kamolot.Uz

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

“Yoshlar haftaligi”ga bag’ishlangan rasmiy veb-sayt ishga tushdi

Xabaringiz bor, 16-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar haftaligi o‘tkaziladi. “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” ...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.