O'ZBEK ZIYOLILARI

Ibrohim G‘afurov (1937)

Ibrohim G‘afurov (1937)

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetida o‘qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi.

1995 yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri.

Ibrohim G‘afurovning ilmiy faoliyati adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning muhim masalalariga bag‘ishlangan. Asarlarida badiiyatda haqqoniylik, insoniylik, adolat, milliy o‘ziga xoslik va xolislik printsiplarining namoyon bo‘lishi hodisalari tahlil qilingan.

I.G‘afurov “Go‘zallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bog‘” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar so‘z” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak — alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “She’riyat — izlanish demak” (1984), “O‘ttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirg‘ochim” singari she’riy nasrlar yohud mansuralari bilan e’tibor qozongan.

Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguyey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yong‘in” (V.Rasputin), “Surur” (Nozim Hikmat) singari asarlarini, hind ilohiy kitobi «Panchatantra»ni, Konfutsiy hikmatlarini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «G‘afur G‘ulom» (1983), «Maqsud Shayxzoda» (1987), «Zulfiya» (1985), «Boborahim Mashrab» (1984) hujjatli filmlari stsenariysi muallifi.

I. G‘ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995).