Home / Boshqalar / Yangiliklar / «Mening biznes g‘oyam» tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.

«Mening biznes g‘oyam» tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.

Mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, kasanachilikni faollashtirish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida respublika bo‘ylab «Mening biznes g‘oyam» tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning fevral-mart oylari davomida “Kamolot” YIHning hududiy Kengashlari qoshidagi “Yosh tadbirkor” konsultativ markazlari koordinatorlari hamda ko‘ngilli biznes trenerlari tomonidan barcha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tanlov targ‘iboti tashkil etildi.Tanlovning joriy yilgi bosqichlarida 1 556 marta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 187 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etdi.

Tanlovning hududiy bosqichlari doirasida ishtirokchilar uchun malakali mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikning turli sohalari (aholiga xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, kichik ishlab chiqarish va boshqalar) bo‘yicha har bir tuman shahardan 10 nafardan biznes g‘oyasi iqtisodiy samarador deb topilgan jami 1930 nafar ishtirokchilar uchun 3 kunlik seminar-treninglar tashkil etildi.

Respublika bosqichi doirasida 13-19-may kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Kamolot» yoshlar oromgohida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 150 nafar yoshlar uchun o‘quv oromgoh tashkil etildi.

Kuni kecha esa “Yoshlar ijod saroyi”da mazkur tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

«Yoshlar haftaligi»ga bag’ishlangan rasmiy veb-sayt ishga tushdi

Xabaringiz bor, 16-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar haftaligi o‘tkaziladi. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» ...

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.